Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Gaitidagi xalqaro kuchlar yakshanba kuni shiddatli jinoiy guruhlar tomonidan portlovchi moddalar yordamida uyushtirilgan hujumdan so'ng bedarak yo'qolgan to'rt nafar salvadorlik harbiy bilan aloqa o'rnatishga urinmoqda. Bu haqda xorijiy OAVlar xabar tarqatdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'magida faoliyat yurituvchi Gaiti Ganglarni bostirish kuchlari tarkibidagi harbiy texnika poytaxt Port-o-Prens shimolidagi Krua-de-Buke hududida o'qqa tutilgan. Salvador Qurolli Kuchlari ma'lumotlariga ko'ra, avia texniklar bazaga qaytayotgan vaqtda hujumga uchragan va yonib ketgan zirhli mashinadan qochib qutulishga muvaffaq bo'lishgan, biroq ularning taqdiri hozircha noma'lim qolmoqda.

Qutirgan jinoiy guruhlarning qarshiligi tufayli qidiruv-qutqaruv amaliyotlari jiddiy to'siqlarga uchramoqda. Hatto voqea joyiga yuborilgan vertolyotlar ham jangarilar tomonidan o'qqa tutilgan, quruqlikdagi urinishlar esa shiddatli otishmalar sababli natija bermagan. Ushbu xavfli holat xalqaro kontingentning joriy yil boshida ish boshlaganidan beri duch kelgan ilk yirik sinovi sifatida baholanmoqda.

Yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi o'tkzilishi rejalashtirilgan bo'lib, unda ushbu hujum asosiy mavzu bo'lishi kutilmoqda. Gaiti hukumati esa poytaxtning qariyb 70 foizini nazorat qilayotgan qurolli to'dalar oldida ojiz qolayotgani va mamlakatda chuqur gumanitar inqiroz davom etayotgani ta'kidlanmoqda.

Source: www.aljazeera.com