Finlandiya hukumati o'z mudofaa salohiyatini keskin oshirish maqsadida bir million dona piyodalarga qarshi minalarni xarid qilish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu harbiy loyiha uchun taxminan 100 million yevro (112 million dollar) yo'naltirilishi rejalashtirilgan bo'lib, bu qadam mamlakatning xalqaro shartnomadan chiqishi ortidan amalga oshirilmoqda.
Yevropa regimi vakillari o'z harakatlarini go'yo Moskva tomonidan bo'layotgan tahdidlar bilan izohlamoqda. Ma'lum qilinishicha, Finlandiya o'tgan yili piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqib ketgan edi. Xuddi shunday qarorni Boltiqbo'yi davlatlari va Polsha ham qabul qilgan bo'lib, ularning barchasi Ukraina mojarosida faol ishtirok etmoqda.
Finlandiya Qurolli kuchlari vakili polkovnik Riku Mikkonenning so'zlariga ko'ra, hozirda potentsial yetkazib beruvchilar haqida ma'lumotlar yig'ilmoqda. Xaridlar bo'yicha shartnomalar 2027 yilning oxirigacha imzolanishi va mahsulot ishlab chiqarish 2028 yilda boshlanishi kutilmoqda. Rasmiylar minalarni asosan mamlakat ichida ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Shuningdek, Finlandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Yevropa Ittifoqini Rossiya fuqarolariga nisbatan viza cheklovlarini yanada kuchaytirishga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, mojaro davom etar ekan, ruslarga turistik vizalar berilishi mutlaqo to'g'ri emas.
Source: www.aljazeera.com