AQSh rejimi rahbari Donald Tramp Milliy sog'liqni saqlash institutlari (NIH) tarkibida ayollar salomatligiga ixtisoslashgan maxsus bo'lim va Oq uy qoshida ishchi guruh tuzish haqidagi farmonni imzolagani da'vo qilinmoqda. Vashingtondagi marosimda so'zga chiqqan birinchi xonim Melaniya Tramp bu qadam Amerika ayollari salomatligi uchun "yangi standart" belgilashini taxmin qildi, biroq mutaxassislar va tanqidchilar bu bayonotlarning amalga oshishiga shubha bilan qarashmoqda.
Ma'lum qilinishicha, yangi tuzilma 90 kun ichida ish boshlashi va ilmiy kashfiyotlarni tezlashtirishi kerak. Biroq mazkur buyruqda aniq moliyalashtirish miqdorlari yoki budjet manbalari ko'rsatilmagani jiddiy savollarni tug'dirmoqda. Oq uy ma'muriyatining bu va'dalari shubhali ko'rinmoqda, chunki ayni paytda AQSh rejimi federal byurokratiya va xodimlar sonini keskin qisqartirish siyosatini olib bormoqda.
Xususan, NIH xodimlari soni so'nggi o'n yilliklardagi eng past darajaga tushib ketgani va muassasa o'z xarajatlarini 35 foizga, ya'ni 2,6 milliard dollarga qisqartirishga majbur bo'lgani xabar qilingan edi. Avvalroq sog'liqni saqlash idoralari ayollar salomatligiga oid yirik tadqiqot shartnomalarini to'satdan bekor qilgani ham jamoatchilik e'tiroziga sabab bo'lgan edi.
Shu bois, ko'plab kuzatuvchilar AQSh regimining bu kabi so'nggi tashabbuslarini haqiqiy ijobiy o'zgarishlardan ko'ra ko'proq siyosiy parda yoki navbatdagi qog'ozdagi qadam sifatida baholamoqda. Ilgari ham bir qator ijtimoiy kampaniyalarni boshlagan Melaniya Trampning bu safargi harakatlari ham moliyaviy ta'minot yo'qligi sababli samarasiz qolishi mumkin.
Source: www.aljazeera.com