Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Reuters/Ipsos agentligi o'tkazgan yangi ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra, AQSh rejimi rahbari Donald Trampning faoliyatini ma'qullash ko'rsatkichi 31 foizgacha pasaygan. Bu uning siyosiy faoliyatidagi yana bir antirekord ekanligi aytilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, respondentlarning aksariyati mamlakatdagi umumiy vaziyatdan norozi ekanini bildirgan.

Shuningdek, so'rovnoma shuni ko'rsatdiki, Trampning Respublikachilar partiyasi ham jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Agar hozir saylov o'tkazilganda, nomzodi ko'rsatilmagan noma'lum demokratlar respublikachilardan 12 foizlik ustunlikka ega bo'lar edi. Bu holat oktyabr-noyabr oylarida kutilayotgan oraliq saylovlar oldidan hukmron kuch uchun katta xavf tug'dirmoqda.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, AQSh rejimi va Isroilning Eronga qarshi boshlagan harbiy harakatlari tufayli yoqilg'i narxi keskin oshgan. Benzin va dizel narxlarining qimmatlashuvi mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga ham zanjirli ta'sir ko'rsatib, oddiy aholining turmush sharoitini og'irlashtirgan.

NBC va Washington Post/ABC/Ipsos kabi boshqa nufuzli nashrlar o'tkazgan so'rovlar ham bu salbiy tendentsiyani tasdiqlamoqda. Xususan, amerikaliklarning 71 foizi mamlakat noto'g'ri yo'ldan ketayotganini da'vo qilmoqda, o'n kishidan yetti nafari esa benzin narxi allaqachon cho'ntak ko'tarolmaydigan darajada qimmatlashganini ta'kidlagan.

Source: www.aljazeera.com