Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Axios nashrining xabar berishicha, AQSH rejimining mudofaa vaziri Pit Xegset Isroilga e'lon qilinmagan maxfiy tashrif bilan borib, mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuv o'tkazdi. Ushbu tashrif tafsilotlari jamoatchilikdan sir tutilgani va rasmiy idoralar bu borada darhol izoh berishdan bosh tortgani vaziyat yana-da chigal tus olayotganidan dalolat beradi.

Ma'lum qilinishicha, AQSH rahbari Donald Trampning yaqin safdoshi hisoblangan Xegset va yaqinlashib kelayotgan parlament saylovlarida qaltis vaziyatga duch kelgan Isroil bosh vaziri o'rtasidagi muzokaralar dushanba kuni bo'lib o'tgan. Biroq, Reuters agentligi bu tashrifni o'z manbalari orqali darhol tasdiqlay olmagan, Pentagon hamda Vashingtondagi Isroil elchixonasi ham so'rovlarga javob bermagan.

Shuningdek, AQSH rahbari D. Tramp o'zining ijtimoiy tarmog'ida Netanyaxuni bo'lajak saylovlarda qo'llab-quvvatlashini bildirgan edi. Tramp go'yoki Netanyaxuning AQSHning Eronga qarshi harakatlarida sodiq ittifoqchi ekanini maqtagan, biroq Amerika rejimining vitse-prezidenti J. Vens bu masalada boshqacha yondashuv bildirib, Isroil saylovlariga aralashmasligini va faqat o'z ishiga e'tibor qaratishini aytgan.

Source: www.aljazeera.com