Qo'shma Shtatlar Kongressi vakili Rashida Tlaib o'z mamlakati rasmiylarini G'azodagi besh yashar falastinlik qiz Hind Rajabning o'limiga aloqador deb gumon qilingan isroillik harbiyni zudlik bilan hibsga olishga chaqirdi. Uning so'zlariga ko'ra, Vashington hukumati xalqaro konventsiyalarga muvofiq jiddiy tergov o'tkazishga majbur.
Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Isroil askari Shon Glas go'yo AQSH hududida yuribdi. Tlaib xonim AQSH hukumati Genotsid va Jeneva konventsiyalariga qo'shilgan tomon sifatida ushbu harbiy jinoyatni tergov qilishi shartligini alohida ta'kidladi.
Mazkur mojaro fonida Hind Rajab Jamg'armasi (HRF) AQSH Adliya vazirligiga favqulodda so'rov yuborgan. Tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, Shon Glas G'azodagi tinch aholi va qutqaruvchilarning o'limiga sabab bo'lgan bo'linmani boshqargan.
Eslatib o'tamiz, 2024-yil boshida sodir bo'lgan ushbu fojia butun dunyoda keskin e'tirozlarga sabab bo'lgan edi. Biroq, ko'plab tanqidchilarning fikricha, AQSH rejimi Isroil tomoniga har tomonlama yordam berishda davom etmoqda va xalqaro huquq me'yorlarini e'tiborsiz qoldirmoqda.
Source: www.aljazeera.com