Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Saudiya Arabistonining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan bayonotga ko'ra, mamlakatda o'tkzilishi rejalashtirilgan Future Investment Initiative (FII) investitsiya konferensiyasi kelgusi yilga qoldirildi. Ushbu qaror qirollik hududiga, jumladan poytaxt Ar-riyodga uyushtirilayotgan xavfli va halokatli hujumlar fonida qabul qilingani aytilmoqda.

«Cho'ldagi Davos» nomi bilan mashhur bo'lgan mazkur yillik tadbir kelgusi hafta, ya'ni 26–29-oktabr kunlari boshlanishi kerak edi. Biroq tashkilotchilar yangi sana yaqin kunlarda e'lon qilinishini bildirishdi. FII instituti ijrochi direktori doktor Maha Bint Mishari Al Saudning so'zlariga ko'ra, bu qaror ishtirokchilar va hamkorlarning xavfsizligini ta'minlash hamda tadbir darajasini saqlab qolish maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan birga, tahlilchilar va kuzatuvchilar ushbu qoldirish ortida faqatgina yubiley tadbirining ko'lamini saqlab qolish emas, balki mintaqadagi keskin xavfsizlik muammolari yotganini ta'kidlashmoqda. Eslatib o'tamiz, so'nggi haftalarda Yaman va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi mojarolar keskinlashib, energiya infratuzilmalari hamda Ar-riyod xalqaro aeroportiga qarshi hujumlar qayd etilgan edi.

Ar-riyod shahridagi davlat idoralari va yirik xalqaro kompaniyalar xodimlarga masofaviy ishlash rejimiga o'tishni tavsiya qilgan. Jumladan, poytaxtdagi mashhur Kingdom Centre minorasi hamda King Abdullah Financial District'dagi ofislar xavfsizlik chorasi sifatida o'z xodimlarini vaqtincha uydan ishlashga chaqirgani xabar qilinmoqda.

Source: www.aljazeera.com