Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ugandaning janubiy-markaziy qismida joylashgan Kampala yaqinida Ruanda hukumatining taniqli tanqidchilaridan biri bo'lgan Robert Kaberaning jasadi boshsiz holda topildi. Politsiya vakili Kituuma Rusokening ma'lumot qilishicha, tergov harakatlari hozirda davom etmoqda va marhumning boshi hali ham topilmagan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so'zlariga ko'ra, taxminan 50 yoshlardagi erkakning jasadi Kampala yaqinidagi Luwala qishlog'idan topilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, jinoyat 16-oktabr kechasi yoki 17-oktabr tongida sodir etilgan bo'lishi mumkin va qarindoshlari jasadni Robert Kabera ekanligini tasdiqlashgan.

Marhum bir necha yil avval Ruandadan qochib ketgan sobiq serjant bo'lib, Ugandada istiqomat qilib kelgan. U o'z vaqtida harbiy xizmatda bo'lganida hukumatni tanqid qilmagan, biroq keyinchalik mamlakat Prezidenti Pol Kagame siyosatiga qarshi chiqib, o'zining «Major Robert TV» nomli YouTube kanalini yuritgan. Ushbu kanal 144 mingdan ortiq obunachiga ega bo'lib, u yerda muxolifat vakillarini qo'llab-quvvatlovchi materiallar e'lon qilingan.

Robert Kaberaning akasi Viktor Agabaning aytishicha, uning ukasida mahalliy aholi bilan hech qanday muammo bo'lmagan. Uning fikricha, tahdid asosiy vatandan kelib chiqqan va harbiy tuzilmalar unga qarshi soxta jinoiy ish ochib, tazyiq o'tkazgan. Ruanda hukumati bungacha ham o'z opponentlarini ta'qib qilishda bir necha bor ayblangan edi.

Source: www.aljazeera.com