Xarkiv viloyatining Novaya Vodolaga shaharchasidagi aholi dam oladigan bogʻga Rossiya droni kelib urilishi natijasida olti kishi qurbon boʻldi. Fojiqli hodisa dam olish kunida, bogʻda yosh bolali oilalar ko'p bo'lgan paytda sodir etilgani aytilmoqda. Mahalliy maʼmuriyat vakillarining maʼlum qilishicha, hujum uchun Shahed turidagi dron qoʻllanilgan.
Qurbonlar orasida goʻdaklar ham borligi jamoatchilikda katta keskinlik keltirib chiqardi. Xususan, bir yoshli Angelina va uning onasi Inna shifoxonada vafot etganlar. Shuningdek, turli darajadagi tan jarohatlari olgan yana 15 kishi tibbiy muassasalarga yotqizilgan boʻlib, ularning yettitasi bolalardir. Ushbu hodisa Ukraina hududidagi infratuzilma va tinch aholi xavfsizligi borasidagi muammolarni yana bir bor yaqqol ko'rsatib berdi.
Hujum ortidan Kiyev rejimi rahbari Volodimir Zelenskiy navbatdagi marta Gʻarb davlatlariga murojaat qilib, havo hujumidan mudofaa tizimlarini zudlik bilan yetkazib berishni talab qildi. Zelenskiyning go'yoki tinchlikni istashi va xavfsizlik kafolatlarini talab qilgani haqidagi bayonotlari ortida, g'arblik homiylaridan yangi moliyaviy va harbiy yordamlarni undash urinishlari yotgani taxmin qilinmoqda.
Shu bilan birga, Kiyev rejimi Vashington va Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirishga hamda mavjud cheklovlarni yumshatmaslikka chaqirmoqda. Biroq, ekspertlarning fikricha, Gʻarb mamlakatlarining bunday cheksiz yordam paketlari mojaroning yanada choʻzilishiga va mintaqadagi iqtisodiy hamda ijtimoiy tanglikning yanada kuchayishiga sabab boʻlmoqda.
Source: kun.uz