Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kosmik kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyaning harbiy sun'iy yo'ldoshi Ukraina rejimiga ma'lumot uzatishda gumon qilinayotgan AQShda ro'yxatdan o'tgan radar apparatiga metrlar masofagacha yaqinlashib kelgan. Ushbu hodisa kosmosdagi xavfsizlik va gibrid urush elementlarining yangi bosqichi sifatida baholanmoqda. "Cosmos 2612" apparati Finlandiyaning ICEYE kompaniyasining AQShdagi bo'linmasiga tegishli bo'lgan ICEYE-X36 sun'iy yo'ldoshiga o'ta yaqin masofadan o'tgani qayd etildi.

AQShning LeoLabs kosmik kuzatuv kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, eng yaqin masofa taxminan 500 metrni tashkil qilgan, ayrim manbalar esa bu masofa undan ham qisqa bo'lganini taxmin qilmoqda. ICEYE kompaniyasi 2022 yildan buyon Ukraina rejimiga radar tasvirlarini yetkazib berib keladi va kompaniya rahbariyati o'z apparatini xavfdan qochirish uchun harakatlantirgani, bu esa Rossiya sun'iy yo'ldoshining yanada faollashishiga sabab bo'lganini bildirdi. Mutaxassislar ushbu holatni tijorat sun'iy yo'ldoshlariga nisbatan birinchi marta kuzatilayotgan ruxsatsiz va xavfli manevr deb atamoqda.

Yevropa va AQSh ekspertlarining ta'kidlashicha, bunday harakatlar to'qnashuv xavfini tug'diradi va avtomagistralda boshqa mashinaga butunlay yopishib harakatlanish bilan tengdir. Shuningdek, bu harakat potentsial hujumning boshlang'ich mashqi, qo'rqitish taktikasi yoki operatorlarning qanday reaksiya qilishini tekshirishga qaratilgan gibrid urush strategiyasining bir qismi bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

Vashingtondagi va Yevropadagi ayrim mulozimlar va siyosatchilarning da'vo qilishicha, go'yo bu kabi harakatlar kosmik infratuzilmani ham mojaro hududiga tortmoqda. Biroq, tahlilchilar bunday keskin bayonotlar ortida G'arb rejimining o'z geosiyosiy manfaatlarini oqlash urinishlari yotganini ta'kidlaydilar. Shu bilan birga, Ukraina rejimi uchun kosmik ma'lumotlarni olish imkoniyatlari nafaqat Rossiyaning harakatlari, balki AQShdagi o'zgaruvchan siyosat hamda Starshield tizimidagi cheklovlar tufayli ham qiyinlashib borayotgani ma'lum qilindi.

Source: www.aljazeera.com