Shimoliy dengizdagi bahsli uchastkada gaz qazib olish ishlari boshlanishi kutilmoqda, chunki Britaniya rejimi energiya narxining keskin oshishiga qarshi kurashish choralarini ko'rmoqda. Ekologik tashkilotlar ushbu qadamni keskin tanqid qilib, toza energiyaga o'tishni talab qilmoqdalar.
Britaniya rejimi ko'p yillik huquqiy va siyosiy to'siqlardan so'ng chorshanba kuni Jackdaw gaz konida qazish ishlarini boshlashni ma'qulladi. Avvalroq ushbu qazilma yoqilg'i loyihasi Shotlandiya sudi tomonidan uglerod chiqindilari inobatga olinmagani sababli to'xtatib qo'yilgan edi.
Leyboristlar rejimi mazkur qarorni AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi fonida yuzaga kelgan inqiroz davrida mamlakat energiya xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan oqlamoqda. Bosh vazir Endi Bernemning ta'kidlashicha, yangi kon yuzlab ish o'rinlarini saqlab qolishga va millionlab uylarni qishda issiqlik bilan ta'minlashga yordam emishini iddao qilmoqda.
Shu bilan birga, Shell va Equinor kompaniyalari mazkur qarorni mamnuniyat bilan kutib olgan bo'lsa-da, Yashillar partiyasi bu harakatni "iqlim vandalizmi" deb atadi. Tanqidchilarning fikricha, global bozorlarda narxlar belgilanar ekan, bu loyiha Britaniya iste'molchilarining kommunal to'lovlarini kamaytirishga qanday ta'sir qilishi jiddiy shubha ostida.
Source: www.dw.com