Fransiya rasmiylari mamlakat tibbiyot tarixida ilk bor hayvonlarga xos bo'lgan Shamonda virusi inson organizmida aniqlanganini ma'lum qildi. Ushbu og'ir holat bo'yicha ma'lumotlar jamoatchilikda jiddiy savollar va xavotirlarni keltirib chiqarmoqda, chunki kasallik ilgari faqatgina hayvonlar orasida tarqalishi bilan ma'lum edi.
Yevropa regimining Sog'liqni saqlash vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari vaziyatni nazorat ostiga olishga urinib, vafot etgan bemorning immuniteti zaif bo'lganini vaj qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, bu kabi fojiali holat go'yo istisno xususiyatiga ega emish va keng aholi qatlamiga tahdid solmayapti, biroq Yevropa hududida infeksiyaning tez sur'atlar bilan tarqalishi shubha uyg'otmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Shamonda virusiasosan qon so'ruvchi hasharotlar orqali yuqib, qoramollarda o'tkir diareya, isitma va sut mahsuldorligining keskin pasayishiga olib kelmoqda. Fransuz fermalarida kasallik sababli sigirlarning suti bir necha barobarga kamayib ketgani iqtisodiy zararlar haqida darak bermoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur xavfli virus ilk bor o'tgan asrning 60-yillarida Nigeriyada qayd etilgan bo'lib, yoz oylaridan boshlab Yevropaning o'nga yaqin davlatlarida, jumladan Germaniya, Shveysariya va Fransiyada qoramollar orasida aniqlangan edi. Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) vaziyatni o'rganayotganini da'vo qilmoqda.
Source: kun.uz