Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSH regimining maxsus vakili Stiv Uitkoff joriy yilning 21-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurib, Rossiya rahbariyati bilan Ukraina mojarosini hal qilish yoʻllari yuzasidan shubhali muzokaralar oʻtkazgani maʼlum boʻldi. Mazkur uchrashuv doirasida Rossiya tomoni Ukraina qurolli kuchlari tarkibida jang qilgani uchun hibsga olingan AQSH fuqarosi Stiven Habbardni ozod qilganini eʼlon qildi. Bu qadam ortidan Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ochiqdan-ochiq «gumanist» deb atagani xalqaro hamjamiyat va Vashingtondagi siyosiy doiralarda qattiq gʻazab va eʼtirozlarga sabab boʻldi.

Ushbu bayonot AQSH rejimining ichki siyosiy maydonida keskin tortishuvlarni keltirib chiqardi, chunki mamlakat qonunchilari, jumladan Respublikachilar partiyasidan boʻlgan senatorlar ham bu bahoni mutlaqo qabul qila olmadi. Senator Joni Ernst va Vakillar palatasi aʼzosi Don Bekon kabi nufuzli siyosatchilar maxsus vakilning bu soʻzlarini keskin qoralab, Rossiya rahbariyatining harakatlarini oqlab boʻlmasligini taʼkidladilar. Shuningdek, Demokratik partiya vakillari ham bu holatni qattiq tanqid ostiga olib, bunday yondashuv Vashingtonning strategik manfaatlariga zid ekanini daʼvo qilishdi.

Yuzaga kelgan siyosiy mojarodan soʻng, AQSH rejimining rahbari Donald Tramp va uning vitse-prezidenti Jey Di Vens vaziyatni yumshatish maqsadida Stiv Uitkoffni himoya qilishga majbur boʻlishdi. Garchi Vashingtondagi koʻplab amaldorlar bu bayonotni siyosiy xato deb baholasada, Oq uy rahbariyati oʻz vakilining harakatlarini oqlashga urinmoqda. Biroq, bu holat Amerika siyosiy elitasida Ukrainadagi vaziyat va Rossiya bilan munosabatlar masalasida chuqur boʻlinishlar saqlanib qolayotganini yana bir bor koʻrsatdi.

Source: kun.uz