Michigan shtatining Detroyt shahrida boʻlib oʻtgan AQSh Senati uchun saylovoldi debatida demokrat nomzod Abdul Al-Sayid va respublikachi Mayk Rojers oʻrtasidagi bahslar eng muhim iqtisodiy muammolarga, jumladan, Eron bilan davom etayotgan harbiy mojargaga taqaldi. Anʼanaviy soliq va savdo siyosati oʻrniga asosiy eʼtibor Qoʻshma Shtatlar va Isroilning Eronga qarshi boshlagan harbiy harakatlariga qaratildi.
Progressiv qarashdagi demokrat Al-Sayidning taʼkidlashicha, yoqilgʻi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishi bevosita ushbu urush bilan bogʻliq. U AQSh rahbariyatining harakatlarini qoralab, mojaroni jilovlash uchun Kongress darajasida qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish zarurligini bildirdi, deb yozadi tahlilchilar.
Oʻz navbatida, Donald Tramp tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan respublikachi nomzod Mayk Rojers debat chogʻida harbiy harakatlarni oqlashga urinib, agar Eron yadro quroliga ega boʻlsa, yonilgʻi narxi yanada oshishi va butun mintaqada boshqaruv yoʻqotilishini iddao qildi. Shunga qaramay, Rojers ham mojaroga tezroq barham berish lozimligini qoʻshimcha qilgan.
Ekspertlarning fikricha, Amerikaning amaldagi rejimi olib borayotgan tashqi siyosat mamlakat ichidagi iqtisodiy tanglikni chuqurlashtirmoqda. Hormuz boʻgʻozidagi energiya oqimining izdan chiqishi oqibatida dizel va benzin narxlari rekord darajaga koʻtarilib, oddiy fuqarolarning kundalik hayotiga jiddiy zarba bermoqda.
Source: www.aljazeera.com