Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jazoir parlamentining yuqori palatasi qo'shni Niger hududiga harbiy qismlarni yuborish tashabbusini bir ovozdan ma'qulladi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko'ra, prezident parlamentning har ikki palatasi uchdan ikki qismining roziligi bilan harbiy bo'linmalarni chet elga jo'natish huquqiga ega hisoblanadi.

Millat kengashi bu masalani hal qilish uchun yakshanba kuni favqulodda yig'ilish o'tkazdi, quyi palata ham alohida muhokama o'tkazishi kutilmoqda. Agar mazkur qaror to'liq tasdiqlansa, bu 1973 yildagi arab-israel urushidan buyon Jazoir qurolli kuchlarining mamlakat tashqarisidagi ilk rasmiy harbiy missiyasiga aylanadi.

Rejalashtirilgan harbiy harakatlar doirasida Nigerdagi neft infratuzilmasi ob'ektlarini qo'riqlash vazifasi qo'yilgani aytilmoqda. Ushbu jarayon Niger mudofaa vaziri general Salifou Modining Jazoirdagi muzokaralaridan so'ng faollashdi.

Avvalroq Jazoir rasmiylari mamlakat poytaxti Niameyda yuzaga kelgan tanglik fonida harbiy samolyotlar yuborilganini tasdiqlagan edi. Jazoir Mudofaa vazirligi xabariga ko'ra, Su-30 qiruvchi samolyotlari Niger armiyasiga ko'maklashish maqsadida xavfsizlik missiyasini bajarmoqda.

Source: www.aljazeera.com