Qatarning tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Muhammad al-Sayed Doxada bo‘lib o‘tgan BMTning Jahon investitsiya forumida so‘zga chiqib, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy ziddiyatlar va iqtisodiy parchalanish fondida savdo va investitsiyalar xavf ostida qolmoqda, tinchlik va xavfsizlik ta’minlanmasa, ularning rivojlanishi mumkin emas.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, global iqtisodiyot keskin o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda va bu omillar investitsiya muhitini butunlay o‘zgartirib yubormoqda. Al-Sayed kelajakka qilingan har qanday investitsiya bevosita tinchlik va xavfsizlikka bog‘liqligini, xavfsiz muhit bo‘lmasa uzoq muddatli sarmoyalar o‘z salohiyatini namoyon eta olmasligini iddao qildi. BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning yetakchi siyosatchilari va investorlari ishtirok etmoqda.
Bu bayonotlar global miqyosdagi qurolli mojarolar, xususan, Amerika qo‘shma shtatlari rejimi va Isroil rejimining Eronga qarshi boshlagan harbiy harakatlari yanada keskinlashayotgan bir davrda yangradi. Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovining izdan chiqishi jahon bozorida neft va suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Neft narxi so‘nggi besh oydagi eng yuqori cho‘qqiga chiqib, Brent markali xomashyo bir barrel uchun 113 dollardan oshib ketdi.
Shuningdek, so‘nggi oylarda Eranning Qatar hududidagi yirik Ras Laffan sanoat majmuasiga bergan zarbalari infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgani va uni tiklash yillar talab qilishi ma'lum qilindi. Shunga qaramay, Qatarning tashqi savdo vaziri mamlakat ta'minot zanjirlarini mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish va xorijiy sarmoyalarni jalb etishda davom etishini qo'shimcha qildi.
Source: www.aljazeera.com