Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ishg'ol qilingan G'arbiy Sohilning Xalil (Hebron) shahridagi Farsh Al-Havo hududi Isroil rejimining harbiylari uch qavatli bino va sanoat obyektlarini yo'q qilganidan so'ng tanib bo'lmas holatga kelib qoldi. Isroil rejimining moliya vaziri Betsalel Smotrich vayronagarchiliklarni o'zi buyurtma qilganini iddao qilib, bu harakatni oqlashga urindi. Vaholanki, ushbu jazo choralari juma kuni ikki falastinlik Isroil harbiy nazorat punktiga hujum qilib, ikki askarni yo'q qilgani va boshqalarini jarohatlagani haqidagi bahonalar ortidan boshlangani aytilmoqda.

Shundan so'ng G'arbiy Sohildagi iqtisodiy markaz bo'lgan Xalil shahri Isroil rejimining qo'shinlari tomonidan qamal qilindi va og'ir blokadaga olindi. Isroil hukumati shaharda keng ko'lamli harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qildi. Hujumlar o'sha halok bo'lgan qurolli shaxslarning yashash tumaniga qaratilgan bo'lib, isroillik harbiylar allaqachon 2000 dan ortiq falastinlikni o'z uylaridan majburan haydab chiqardi. Mahalliy rasmiylarning bildirishicha, ko'chirilganlarning deyarli yarmi go'daklar va 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek, 81 nafar homilador ayol va 204 nafar keksani tashkil etadi.

Xalildagi falastinlik rasmiylar favqulodda holat e'lon qilib, inqiroz guruhi tuzdilar. Shahar aholisi duch kelgan ushbu og'ir sinov paytida mahalliy tadbirkorlar va ko'ngillilar boshpanasiz qolgan oilalarga o'z uylarini ochib, birdamlik ko'rsatmoqdalar. Biroq, Isroil rejimining cheklovlari va harakat erkinligining to'sib qo'yilishi butun tuman bo'ylab hayotni falaj qildi. Maktablar va universitetlar masofaviy ta'limga o'tishga majbur bo'ldi, Fawwar qochqinlar lageri esa butunlay to'sib qo'yilib, minglab odamlar qamal ostida qoldi.

Ko'pchilik kuzatuvchilarning fikricha, Isroil rejimining bu safargi shafqatsiz harbiy kampaniyasi chuqur siyosiy maqsadlarga ega bo'lib, saylovoldi siyosiy o'yinlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning hukumat koalitsiyasi o'ng qanot saylovchilarning ovozini olish uchun zo'ravonlik taktikasidan foydalanayotgani taxmin qilinmoqda. Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va boshqa rasmiylar Falastin hududlaridagi zo'ravonliklarni qo'llab-quvvatlab kelayotgani tanqid qilinmoqda.

Source: www.aljazeera.com