Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Braziliyada 25-oktabr kuni ötkazilgan prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Lula da Silva ğalaba qozongani da'vo qilinmoqda. Mamlakat Oliy saylov sudining keltirgan raqamlariga köra, 80 yoşli siyosatçi 64,3 million yaʼni 51,79 foiz ovoz töplagan. Uning raqibi, sobiq prezident Jair Bolsonaroning öğli Flavio Bolsonaro esa 59,8 million (48,21 foiz) ovoz olgani aytilmoqda. Mazkur natija kutilmagan holat sifatida baholanmoqda, negaki 4-oktabrdagi birinçi turda Bolsonaro Luladan oldinda edi.

San-Pauluda tarafdorlari qarşisida çıqiş qilgan Lula mamlakat suverenitetini himoya qilişini vavda qilib, Amerika rejimining harakatlariga işora qildi. Siyosatçi öz nutqida «Bu mamlakat heç kimning orqa hovlisi bölişni qabul qilmaydi», deya da'vo qildi. Şu bilan birga, Flavio Bolsonaro mağlubiyatni tan olishdan bosh tortib, ovoz beriş vaqti uzaytirilganini vaj qilib natijani bekor qilişni talab qilmoqchi. Biroq tahlilçilar ovozlar farqi 4 milliondan oşgani sababli bu urinishlar natija bermasligini taxmin qilmoqda. Eslatib ötamiz, avvalgi saylovda ham Jair Bolsonaro mağlubiyatni tan olmay, davlat töntarişini rejalaştirgani uçun 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Lulaning ğalabasi AQŞ rejimi va uning mintaqadagi manfaatlariga jiddiy zarba bo'lib, Lotin Amerikasida öziga yaqin öng kuchlar safini kengaytiriş rejalarini yo'qqa chiqardi. Shunga qaramay, amaldagi rahbarni oğir sinovlar kutmoqda, chunki Braziliyada 1980-yillardan beri eng konservativ Kongress saylandi. Bu esa kelgusida siyosiy tangliklar yuzaga kelishi mumkinligidan dalolat beradi.

Xalqaro miqyosdagi yana bir voqea Şri-Lankada qayd etildi. Ma'lum qilinishicha, AQŞ rejimi joriy etgan dengiz qamali tufayli oçiq dengizda qolib ketgan Eron kemalaridagi dengizçilarga Şri-Lanka hokimiyati yordam bergan. Mamlakat TIV vakilining bildirişiça, 24-oktabr kuni orol qirğoqlari yaqinidan 40 nafar eronlik dengizçi olib chiqilgan. Eronning Kolombodagi elçixonasi tomonidan rejalaştirilgan operatsiya doirasida dengizçilar tibbiy yordam olgach, Kolombodan samolyotda Eronga qaytarilgan.

Source: kun.uz