AQSH rejimining mudofaa kotibi Pit Xegseth ushbu hafta Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari uchrashuvida qatnashish uchun Filippinga yo‘l oladi. Ushbu tashrif Vashington mintaqadagi o‘z mavqeini go‘yoki mustahkamlashga urinayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda, holbuki o‘tgan yilgi AQSh va Isroilning Eron bilan mojarosi mintaqada jiddiy xavotirlar tug‘dirgan edi. Filippinda bo‘lib o‘tadigan tadbirda ASEANga a’zo 11 davlat hamkorlari bilan bir qatorda Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlar vakillari ham qatnashishi kutilmoqda.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, AQSh rejimining so‘nggi paytlarda o‘z harbiy resurslarini Yaqin Sharqqa ko‘chirishi va Tayvan masalasidagi ziddiyatli bayonotlari Osiyo mamlakatlarida Vashingtonning sadoqatiga nisbatan shubha uyg‘otgan. Xususan, AQSh prezidenti Donald Trampning Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib berishni go‘yoki kechiktirgani va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan rejalashtirilgan uchrashuvlar oldidan noaniq signal yuborayotgani mintaqadagi vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar murakkabligicha qolayotgan bir paytda, Pit Xegseth va Xitoy mudofaa vaziri Dong Syun o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv qanday natija berishi noma'lumligicha qolmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda Myanmadagi davom etayotgan fuqarolar urushi va Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy nizolar asosiy muhokama mavzusi bo‘lishi kutilmoqda. Filippin va Xitoy o‘rtasidagi dengizda sodir bo‘layotgan keskin to‘qnashuvlar hamda diplomatik so‘z urushlari mintaqaviy xavfsizlikka salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislarning fikricha, AQSh rejimi o‘zining strategik manfaatlarini ta'minlash va ittifoqchilariga bergan va'dalarini bajarishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Source: www.aljazeera.com