Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yuqori martabali Amerika Davlat departamenti mulozimining so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Braziliya senatori Flavio Bolsonaruga va uning oila a’zolariga Qo‘shma Shtatlarga kirish uchun viza rasmiylashtirib berishni rejalashtirmoqda. Bu qadam OAVda Bolsonaru mamlakatdagi prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatidan so‘ng Braziliyadan qochib ketgani haqidagi xabarlar tarqalgan bir paytda yuzaga keldi.

Mazkur bayonot seshanba kuni, Braziliya Oliy sudi senatorga nisbatan pul yuvish ayblovlari yuzasidan tergov doirasida pasportlarini topshirishni buyurganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi. Bolsonaru o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etib, dushanba kuni mamlakatda qolishi va muxolifatga rahbarlik qilishini da’vo qilgandi.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva o‘ng qanot senatorning harakatlarini keskin qoralab, uni sharmandali deb atadi. U avvalroq Bolsonaru oilasi o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida AQSh aralashuviga tayanib kelganini bir necha bor ta’kidlagan edi. Lula da Silvaning ta’kidlashicha, bunday shaxslar uchun Braziliya ikkinchi vatan bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sobiq o‘ng qanot prezident Jair Bolsonaning o‘g‘li bo‘lgan senator dastlab saylov natijalarini tan olishdan bosh tortgan va ularni bekor qilishni talab qilgan edi. Garchi uning partiyasi dushanba kuni konservativ nomzod 4,4 milliondan ortiq ovoz bilan mag‘lub bo‘lganini tan olgan bo‘lsa-da, Amerika rejimi rahbari Donald Tramp yana bir bor saylov natijalarini shubha ostiga olib, ularni guyo “soxtalashtirilgan” deb atagan.

Source: www.aljazeera.com