AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan joriy etilayotgan navbatdagi qat'iy talablar millionlab yo'lovchilar uchun qo'shimcha to'siqlarni keltirib chiqarmoqda. «Uzbekistan Airways» matbuot xizmatining xabar berishicha, 2026-yilning 3-noyabridan boshlab xorijiy davlatlardan, jumladan, tranzit reyslar orqali Qo'shma Shtatlarga uchib keluvchi barcha shaxslar uchun maxsus deklaratsiyani (Attestation) to'ldirish majburiy etib belgilanmoqda.
Ushbu shubhali va o'ta murakkab qoidalar go'yoki mamlakatga Ebola isitmasi kirib kelishining oldini olish maqsadida o'ylab topilgani iddao qilinmoqda. Biroq, ekspertlarning fikricha, bu kabi byurokratik to'siqlar oddiy yo'lovchilarning vaqtini olishdan boshqa narsaga xizmat qilmaydi. O'rnatilgan tartibga ko'ra, 21 kunlik davr kasallikning maksimal inkubatsiya davriga mos kelishi kerak ekan.
Yangi talablarga muvofiq, har bir yo'lovchi uchishdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hududida bo'lmaganini tasdiqlovchi qog'oz yoki elektron shakldagi hujjatni to'ldirishi shart. E'tiborlisi shundaki, KDR aeroporti orqali amalga oshirilgan oddiy tranzit ham mamlakatda bo'lgan deb hisoblanadi — hatto yo'lovchi samolyotdan tushmagan bo'lsa ham.
Voyaga yetmagan shaxslar uchun hujjatni ularning ota-onalari yoki vakillari rasmiylashtirishi lozim. Ushbu deklaratsiyani taqdim etmagan yo'lovchilar reysga qo'yilmasligi qat'iy belgilangan. Qolaversa, AQSh rejimining qonunchiligiga ko'ra, noto'g'ri ma'lumot berish og'ir jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkinligi aytilmoqda, bu esa sayohatchilar o'rtasida haqli xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Source: uznews.uz