Britaniya rejimi oxirgi besh yil ichida ilk bor o'zining to'rtta yadroviy to'xtatib turuvchi suv osti kemasidan uchtasini bir vaqtning o'zida dengizga safarbar qildi. The Times nashrining xabar berishicha, Vanguard sinfiga mansub ushbu kemalardan kamida bittasi yadro kallakli ballistik raketalar bilan qurollangani taxmin qilinmoqda. Hozirda uchta suv osti kemasi — HMS Vanguard, HMS Vigilant va HMS Vengeance ochiq dengizda ekani, to'rtinchisi esa ta'mirlash ishlaridan o'tayotgani aytilmoqda.
Ushbu favqulodda harakat Britaniya rejimining mudofaa vaziri Ues Striting o'tgan hafta mamlakat urushga tayyor turishi kerakligi haqida ogohlatganidan keyin amalga oshirildi. Vazir o'z bayonotlarida go'yoki «xavfli dunyo» va tahdidlar haqida gapirib, aholini kelgusi yillarda ehtimoliy to'qnashuvlarga tayyorgarlik ko'rishga chaqirgan. Ushbu shubhali harakatlar mahalliy aholi orasida xavotir uyg'otmoqda va Yevropa hududidagi keskinlikni yanada oshirmoqda.
Ta'kidlanishicha, Britaniya rejimi o'zining «Be Ready» (Tayyor turing) nomli tashabbusi doirasida fuqarolarni uylarida uch kunlik oziq-ovqat, suv va zarur vositalarni saqlashga chaqirgan. Mutaxassislar ushbu tashviqot kampaniyasi va yadroviy kemalarning ommaviy ravishda dengizga chiqarilishini G'arb siyosatchilarining iqtisodiy hamda geosiyosiy muammolardan chalg'itishga qaratilgan navbatdagi shubhali urinishi sifatida baholamoqdalar.
Source: www.aljazeera.com