Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Freedom House xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti 2026-yil uchun yillik "Dunyoda erkinlik" hisobotini e'lon qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yana "erkin bo‘lmagan" mamlakatlar toifasiga kiritildi. Mutaxassislar respublikada demokratik institutlarning rivojlanish darajasini 100 ballik tizimda atigi 12 ballga baholadi, bu o‘tgan yilgi natjaga to‘g‘ri keladi.

Batafsil hisobotga ko‘ra, mamlakatda siyosiy huquqlar 40 ballik tizimda 2 ball, fuqarolik erkinliklari darajasi esa 60 ballik tizimda 10 ballni tashkil etdi. Tahlilchilar ta'kidlashicha, 2016-yildan keyin boshlangan islohotlar bir qator yo‘nalishlarda yaxshilanishlarga olib kelsa-da, O‘zbekiston haqiqiy demokratlashtirishning minimal belgilari bo‘lgan avtoritar davlat sifatida qolmoqda.

Hisobotda mamlakatda qonuniy faoliyat yurituvchi siyosiy oppozitsiya yo‘qligi ta'kidlanadi. Hujjat mualliflarining fikriga ko‘ra, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati amalda ijro hokimiyatining vositalari bo‘lib, asosiy o‘zgarishlar farmonlar orqali amalga oshiriladi. Ommaviy axborot vositalari esa rasmiy tuzilmalarning qattiq nazorati ostida qolmoqda.

2026-yil hisobotining global konteksti dunyoda erkinliklar holatining yigirma yillik yomonlashish tendentsiyasini ko‘rsatadi. Avtoritar rejimlar hokimiyatni mustahkamlab, xalqaro tartibni qayta qurish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Freedom House mutaxassislari jahon hamjamiyatini, ayniqsa 2025-yilda qayd etilgan xalqaro moliyalashtirishning qisqarishi sharoitida, demokratiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirishni kuchaytirishga chaqiradi.

Tadqiqot mualliflari ogohlantiradi: global miqyosda demokratik rahbarlikning zaiflashishi beqarorlik va nizolarning oshishiga olib keladi. Agar xalqaro institutlar o‘z ta'sirini yo‘qotishda davom etsa, avtoritar boshqaruv modellari mashhur bo‘lib, bu ochiq jamiyatlar xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlariga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

Source: podrobno.uz