Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil fevral oyidagi majlisida 43 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Regulyatorning matbuot xizmati xabar berishicha, ko‘rib chiqilgan masalalarning 30 tasi ro‘yxatga olish va litsenziyalash bilan bog‘liq bo‘lgan. Xususan, 3 ta holatda kredit tashkilotlarining ustavlariga kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatga olingan, 1 ta kredit tashkilotining ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsatnoma berilgan, 6 ta bankda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorning malaka sertifikati berilgan, 5 ta mikrofinans tashkiloti ro‘yxatga olingan, 1 ta to‘lov tashkilotining faoliyat yuritish litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgan, shuningdek, 14 ta tijorat bankining kuzatuv kengashi va rahbariyat a’zolari, shuningdek kalit xodimlari nomzodlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 13 ta masala ko‘rib chiqildi. Ular orasida prudensial normalar va Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya qilish talablari, tijorat banklarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, banklar va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya qilish, shuningdek “regulyator qumchasi” doirasida tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini sinovdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Faoliyatning qonun talablariga mos kelmasligi, shuningdek tekshiruvlar va nazoratlar davomida aniqlangan kamchiliklar tufayli 11 ta bank jarima bilan jazolandı. 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkilotiga esa prudensial normal talablarga rioya qilmaslik, o‘z faoliyatini belgilangan tartibda qonun hujjatlarining talablariga moslashtirmaslik, shuningdek tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar tufayli ogohlantirishlar berildi.

Bundan tashqari, 8 ta bankka potentsial yo‘qotishlarning salbiy ta’sirini kamaytirish va makroprudensial buferlarni shakllantirishni ta’minlash maqsadida oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik buyurildi. Bu chora-tadbirlar bank tizimining barqarorligini mustahkamlash va moliyaviy risklarni boshqarishga qaratilgan.

Source: kun.uz