Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston hukumati tibbiyot va farmatsevtika sohasida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga ipoteka krediti uchun dastlabki to‘lovning 25 foizini qoplashni taklif qilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Loyiha hujjatiga ko‘ra, ariza beruvchi davlat tibbiyot muassasasida hozirda ishlayotganligini va kerakli ish stajiga ega ekanligini bir vaqtning o‘zida tasdiqlashi shart. Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali yoki elektron shaklda topshirilishi mumkin, ammo har chorakda faqat bitta ariza berishga ruxsat beriladi.

Tanlov har chorakda so‘nggi ish kuni soat 16:00 da tasodifiy tanlash usuli bilan o‘tkaziladi, faqat ishtirok etishga ruxsat berilgan arizalar qatnashadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi komissiya ishtirokida random.org platformasi yordamida har chorakda 125 g‘olib aniqlandi. Jarayon vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali onlayn translyatsiya qilinadi va arxivda saqlanadi.

G‘oliblar olti oy ichida elektron tizim orqali ipoteka shartnomasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxalarini taqdim etishlari kerak. Agar hujjatlar taqdim etilmasa yoki shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ariza bekor qilinadi va to‘lovlar to‘xtatiladi. Loyiha bo‘yicha muhokama 9 aprelgacha davom etadi.

Source: kun.uz