Oʻzbekiston hukumati poytaxt va Toshkent viloyatida havo sifati yaxshilash maqsadida sunʼiy yogʻin olish texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Prezident farmoniga koʻra, 2027-yil 1-oktabrgacha ushbu hududlarda namlik past boʻlgan zonalarda maxsus uskunalar oʻrnatiladi, bu esa yogʻin miqdorini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha davlatning umummilliy ekologik muammolarni hal qilish uchun moʻljallangan maxsus fondidan mablagʻ ajratish orqali amalga oshiriladi. Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy taʼlim vazirligi xorijiy mamlakatlardagi muvaffaqiyatli tajribalarni oʻrganib, texnologiyani bosqichma-bosqich joriy etish vazifasini oldi.
Sunʼiy yogʻin olish texnologiyasi ilgari 2026-yilgi davlat dasturiga kiritilgan edi. Dasturga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab amaliy loyiha ishlab chiqilishi, kamida 3–5 ta sinov oʻtkazilishi va yogʻin miqdorini tabiiy darajaga nisbatan 10–20 foizga oshirish maqsad qoʻyilgan. Bu tashabbus iqlim oʻzgarishi va qurgʻoqchilik muammolariga qarshi kurashda muhim qadam hisoblanadi.
Source: kun.uz