Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida iqtisodiy rivojlanishning yangi modeli joriy etilmoqda, bunda poytaxtning 12 ta tumani har biri o‘ziga xos sanoat yoki xizmat ko‘rsatish sohasida ixtisoslashadi. Bu strategiya mamlakat YaIMining 21 foizini tashkil etuvchi Toshkentni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lib, Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda e’lon qilindi.

Joriy yil “Poytaxtni jadal rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish yili” deb e’lon qilinganligi sababli, shahar rahbariyati oldiga ambitsiyali maqsadlar qo‘yildi: megapol iqtisodiyotini 12 foiz o‘sishini ta’minlash, 9 milliard dollar investitsiyani jalb qilish va 616 ming kishi uchun ish o‘rinlari yaratish. Bu maqsadlarga erishishning asosiy vositasi har bir tumanga o‘sishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘ladi.

Masalan, Bektemir tumani kimyo sanoati va ulgurji savdoga, Mirzo Ulug‘bek tumani kabel ishlab chiqarish, fan va IT sohasiga, Mirabod tumani esa oziq-ovqat sanoati, turizm va ommaviy ovqatlanish markaziga aylanadi. Uchtepa tumani zargarlik va chakana savdo, Chilanzar tumani farmatsevtika va sport, Shayxontohur tumani mebel ishlab chiqarish va gastronomik turizm, Yunusobod tumani qog‘oz sanoati, Yashnobod tumani esa elektrotexnika va transport logistikasi bilan shug‘ullanadi.

Yakasaroy tumanida engil sanoat va moliyaviy xizmatlar, Yangihayot tumanida avtomobilsozlik, Olmazor tumanida qurilish materiallari va ta’lim, Sergeli tumanida esa metallurgiya va avtoservis ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi. “Maxsus biznes muhiti”ni shakllantirish uchun vazirliklar litsenziyalar berish vakolatlarini o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga topshiradilar, bu mahalliy tadbirkorlar hayotini soddalashtirishi kerak.

Bundan tashqari, biznesni operativ qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus Kooridinatsion kengash tashkil etildi, u allaqachon 23 mingdan ortiq murojaatlarni tahli qildi. Qo‘shimcha moliyaviy drayver sifatida Toshkentning 500 million dollarlik evrobondlari chiqariladi. Shuningdek, poytaxt korxonalarining mamlakat hududlari bilan sanoat hamkorligini kuchaytirish va shaharning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Source: podrobno.uz