Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan VI Osiyo plyaj o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Plyaj yengil atletikasi bo‘yicha Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrashda eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Sportchimiz 1,85 metr balandlikdagi pog‘onani muvaffaqiyatli zabt etib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining joriy o‘yinlardagi ilk oltin medali bo‘ldi.

Xitoylik ishtirokchilar 1,83 metr natija bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Avvalroq Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi shosse velosporti bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatdi. Sportchilarimiz beshta medalni qo‘lga kiritdi: bitta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza.

Source: podrobno.uz