Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Braziliyaning Foz-du-Iguasu shahrida 18-27 aprel kunlari bo'lib o'tgan World Boxing federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Jahon kubogining birinchi bosqichida O'zbekiston terma jamoasi medal hisobida 6-o'rinni egalladi.

O'zbekiston sharafini to'rt nafar bokschi himoya qildi. Ular ikki oltin va bir bronza medalini qo'lga kiritdi. Oltin medalni Farzona Fazilova (48 kg gacha) va Navbahor Xamidova (65 kg gacha) qo'lga kiritdi. Bronza medalini Jahongir Zokirov (90 kg gacha) qo'lga kiritdi. Feruza Kazakova (51 kg gacha) esa medalsiz qoldi.

Jamoa hisobida birinchi o'rinni Braziliya (5 oltin, 4 kumush), ikkinchi o'rinni Xitoy (4-0-1), uchinchi o'rinni Qozog'iston (3-1-3) egalladi.

Turnirda 50 mamlakatdan 400 dan ortiq bokschi ishtirok etdi, bu rekord ko'rsatkichdir.

Jahon kubogining ikkinchi bosqichi 15-21 iyun kunlari Xitoyning Guyan shahrida, final bosqichi esa 25 noyabr-2 dekabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.

Source: kun.uz