Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Migratsiya agentligi va “RRG AG” kompaniyasi hamkorligida O‘zbekiston fuqarolari uchun Germaniyada qurilish sohasida 280 ta ish o‘rni ochildi. Dastur doirasida nomzodlardan til sertifikati talab etilmaydi, ular Toshkentda bepul nemis tili kurslarida o‘qitiladi.

Nomzodlar haftasiga 5 kun, 40 soatlik ish grafigi asosida faoliyat yuritadi. Sinov muddati 3 oyni tashkil etadi. Oylik ish haqi 2100 yevro (qo‘lga tegadigan) etib belgilangan. Turar joy xarajatlari oyiga 300 yevroni tashkil etadi va xodim tomonidan to‘lanadi, oziq-ovqat xarajatlari ham o‘z hisobidan qoplanadi.

Dasturda 18−39 yoshdagi, oliy yoki kasb-hunar ta’limi diplomiga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodda qurilish sohasida (2 yillik) texnikum diplomi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik tasdiqlangan ish tajribasi (my.gov orqali) bo‘lishi talab etiladi.

Ishtirokchilar uchun qator imtiyozlar nazarda tutilgan: Toshkent shahrida 6−8 oy davomida A1 dan V1 darajagacha bepul nemis tili kurslari, Migratsiya agentligi tomonidan bepul yotoqxona, til sertifikati uchun imtihon xarajatlari qoplanishi va aviachipta ish beruvchi tomonidan ta’minlanishi.

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1282 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.

Source: www.gazeta.uz