Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

1-may kuni Toshkentga AQShdan migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarining navbatdagi guruhi yetib keldi.

Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Parvoz, avvalgilari kabi, AQShning Omni Air International charter aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Samolyot 29-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:08 da El-Pasodan (Texas shtati, AQShning Meksika bilan chegarasi) uchib ketgan. U bir nechta oraliq to‘xtashlarni amalga oshirdi — Baltimor (AQSh), Yasyonka (Polsha), Kishinyov (Moldova), Buxarest (Ruminiya) va Yerevanda (Armaniston).

Bort 1-may kuni soat 18:09 da Toshkentga qo‘ndi. Shu tariqa, o‘zbekistonliklarning yo‘lda o‘tkazgan umumiy vaqti 36 soatni tashkil etdi.

“Dunyo” xabarida aytilishicha, fuqarolarni qaytarish bo‘yicha amaliyot “O‘zbekiston va AQSh vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi” natijasi bo‘ldi. “Barcha tashkiliy va huquqiy protseduralar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash tezkorlik bilan kelishib olindi”.

Yanvar oyida aynan shu aviakompaniya reysi bilan AQShdan 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilingan edi (o‘shanda bu Donald Tramp hokimiyatga kelganidan beri bir yil ichidagi 11-chi shunday reys ekani xabar qilingandi), mart oyida esa 65 kishi qaytarilgan.

Source: www.gazeta.uz