O‘zbekistonning 2026-yil yanvar-mart oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Podrobno.uz xabar berdi.
Eng yirik savdo hamkori Xitoy bo‘lib, aylanma hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya – 3,3 milliard dollar, uchinchi o‘rinda Qozog‘iston – 1,3 milliard dollar.
Faol hamkorlar qatorida Turkiya (653,4 million dollar), Afg‘oniston (508 million dollar), Fransiya (488,9 million dollar), Janubiy Koreya (463,6 million dollar) va Birlashgan Arab Amirliklari (458,7 million dollar) bor.
Shuningdek, Turkmaniston bilan savdo hajmi 357,5 million dollar, Germaniya bilan esa 304,8 million dollarni tashkil etdi.
Avvalroq O‘zbekistonga import bo‘yicha yetakchi davlatlar haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz