Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Janubiy Koreyaning Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo qit’a chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki medal – oltin va kumushni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning asosiy qahramoni Sarvar Ismoilov bo‘ldi. U nayza uloqtirishda 77,39 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu nafaqat g‘alabali, balki sportchining shaxsiy rekordi hamdir.

Yana bir medalni terma jamoa hisobiga Ayubxon Fayezov kiritdi. U bolg‘a uloqtirishda 71,33 metr natija ko‘rsatib, turnirning kumush sovrindori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda bo‘lib o‘tgan VI Osiyo plyaj o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritgan edi – Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrashda eng yaxshi natija ko‘rsatdi.

Source: podrobno.uz