Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

APEX BANK to‘lov kartalari sanoatining xalqaro xavfsizlik standarti — Payment Card Industry Data Security Standard (PCI DSS) ga muvofiqligini rasman tasdiqladi va Visa Global Registry, ya’ni to‘lov sanoati xavfsizlik talablariga javob beradigan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning global reyestriga kiritildi.

PCI DSS jahon to‘lov sanoatidagi asosiy standartlardan biri bo‘lib, u karta egalari ma’lumotlarini himoya qilish, operatsion xavflarni kamaytirish va to‘lov infratuzilmasining barqarorligini oshirishga qaratilgan.

Bank mijozlari va hamkorlari uchun bu karta ma’lumotlarini qayta ishlash, uzatish va himoya qilish jarayonlari tan olingan xalqaro xavfsizlik talablariga muvofiq tashkil etilganiga qo‘shimcha ishonch darajasini anglatadi.

APEX BANKning Visa Global Registry’ga kiritilishi bank zaruriy muvofiqlik baholashdan o‘tganini va Visa to‘lov tizimi tomonidan global xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar reyestri ishtirokchisi sifatida tan olinganini tasdiqlaydi.

Ushbu natija APEX BANKning xavfsizlik, raqamli infratuzilma va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga izchil sarmoya kiritayotgan zamonaviy texnologik bank sifatida rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘ldi. PCI DSS muvofiqligi karta mahsulotlari, masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallari va raqamli to‘lov yechimlari faol rivojlanayotgan sharoitda ayniqsa muhimdir.

APEX BANK uchun to‘lov operatsiyalari xavfsizligi nafaqat majburiy talab, balki uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining bir qismidir. Bank ichki jarayonlarni takomillashtirish, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish va mijozlar ma’lumotlarini himoya qilishni kuchaytirishni davom ettiradi.

Visa Global Registry’ga kiritilish APEX BANKning shaffoflik, texnologik barqarorlik va xalqaro standartlarga muvofiqlik yo‘nalishini aks ettiradi. Bu mijozlar, hamkorlar va to‘lov ekotizimi ishtirokchilari ishonchini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Source: kun.uz