Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston prezidenti Ayubxon Orifxon o‘g‘li Sultonovni raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayubxon Sultonov Buyuk Britaniyaning Uels shahridagi Cardiff Metropolitan University’ni tamomlagan. Ilgari Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lim boshlig‘i va Prezident administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamentida ishlagan.

Mart oyida vazirning raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Source: www.gazeta.uz