Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 11-may kuni umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun darslar o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va davlat bog‘chalari uchun bu kun dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Xususiy ta’lim muassasalarida dam olish kunlari ularning ichki tartib-qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Prezidentning “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 9-may – Xotira va qadrlash kuni besh kunlik ish haftasida shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, ushbu dam olish kuni 2026 yil 11-mayga ko‘chirilgan.

Source: kun.uz