Prezident tomonidan “Tibbiyot sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2027-yil 1-maydan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda inson organlari va to‘qimalarini transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Transplantatsiya tartibiga rioya qilish litsenziya talabi va sharti hisoblanadi. Xususiy klinikalarning transplantatsiya faoliyati “xavf tahlili” tizimi orqali yuqori xavf darajasidagi faoliyatga kiritiladi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligiga transplantatsiya qilingan bemorlar va donorlar haqida muntazam ma’lumot taqdim etishi shart.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasi tasdiqlandi.
Source: kun.uz