O‘zbekistonda 8 may holatiga ko‘ra, 49 nafar haydovchi maksimal 12 jarima ballini to‘plab, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi. Bu haqida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Eng ko‘p qoidabuzarlar poytaxtda qayd etilgan — 29 kishi. Viloyatlar orasida yetakchilar Farg‘ona (8 ta) va Buxoro (3 ta) viloyatlari bo‘ldi. Toshkent va Andijon viloyatlarida ikki nafardan, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida esa bir nafardan haydovchi maksimal ball to‘plagan.
To‘rt viloyatda — Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryoda — hozircha bunday holat kuzatilmagan. Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, guvohnomasidan mahrum bo‘lgan haydovchilar avtomaktablarda o‘qib, qayta imtihon topshirishlari kerak. Talablar qattiqlashgan: endi 50 ta savoldan 46 tasiga to‘g‘ri javob berish zarur, ilgari 20 tadan 18 tasi yetarli edi.
Barcha 49 ta ish sudga topshirilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, bir yil ichida 12 jarima ball to‘plagan haydovchilar kamida olti oyga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi. Avvalroq O‘zbekistonda birinchi marta haydovchi 12,5 ball to‘plab, limitdan oshib ketgan edi.
Source: podrobno.uz