Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Mirzo-Ulug‘bek tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida bloger Sanjar Karimov, ya’ni Real Sanjik nomi bilan tanilgan shaxsga nisbatan ish ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahar sudlari xabariga ko‘ra, Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik), 112-moddasi 1-qismi (o‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish) va 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar, shuningdek ularni sotish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Sud unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi, shuningdek, 410 baravar bazaviy hisoblash miqdorida (taxminan 169 million so‘m) jarima to‘lashga hukm qildi. Jazolar alohida ijro etilishi belgilandi.

Sud, shuningdek, jabrlanuvchi Sh.A.ga yetkazilgan moddiy zarar qoplanganini tan oldi. Biroq jabrlanuvchilar Sh.A. va F.R.ga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Hukm bilan rozi bo‘lmagan tomonlar uni belgilangan tartibda yuqori turuvchi sud instansiyasiga shikoyat qilishlari mumkin.

Source: kun.uz