Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida 12-may kuni soat 14:00 atrofida Amir Temur ko‘chasida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Viloyat YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli haydovchi 2017-yilda tug‘ilgan ikki bolani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi.
To‘qnashuv natijasida bir bola og‘ir jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Ikkinchi bola shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan, hozirda shifokorlar uning ahvolini aniqlashtirmoqda.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha holatlar va sabablar aniqlanmoqda.
Source: podrobno.uz