Chery Uzbekistan va Davr Bank hamkorligida avtomobil ixlosmandlari uchun yangi moliyaviy dastur ishga tushirildi. Endi Chery Arrizo 6 Pro sedanini 60 oygacha bo‘lgan muddatga foizsiz bo‘lib to‘lash mumkin.
Ushbu taklif zamonaviy va texnologik sedan xarid qilmoqchi bo‘lgan, ammo katta miqdorda to‘lov qilishni istamaydigan xaridorlar uchun mo‘ljallangan. Dastur doirasida dastlabki to‘lov miqdori va to‘lov muddatini individual tanlash imkoniyati mavjud.
Chery Arrizo 6 Pro keng va ergonomik salon, ilg‘or xavfsizlik tizimlari, zamonaviy multimedia tizimi va ishonchli dinamikasi bilan ajralib turadi. U shahar sharoitida ham, uzoq safarlarda ham qulaylikni ta’minlaydi.
Rasmiy dilerlik markazlari barcha xohlovchilarni test-drayvga va yangi moliyalashtirish dasturi bo‘yicha batafsil hisob-kitob olishga taklif qiladi. Eslatma: nashr faqat axborot maqsadida bo‘lib, ommaviy oferta emas. Yakuniy shartlar mintaqa, bank tariflari, kredit skoringi va boshqa omillarga qarab shakllantiriladi.
Sug‘urta dasturda ishtirok etishning majburiy sharti bo‘lib, uning qiymati tanlangan muddatga qarab hisoblanadi va dastlabki to‘lovga kiritiladi. Dastur Davr Bank bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Source: kun.uz