Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston hukumati Milliy investitsiya fondining (MIF) birlamchi ommaviy taklifi (IPO) doirasida 31% ulushini 603,6 million dollarga sotdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik xususiylashtirish bitimlaridan biriga aylandi.

Fondning bozor kapitallashuvi 1,95 milliard dollarni tashkil etdi. Qo‘shimcha GDR joylashtirish (over-allotment opsiyasi) hisobga olinganda, realizatsiya qilingan ulush 35% ga, tushum esa 692 million dollarga yetishi mumkin.

Taklif bir vaqtning o‘zida mahalliy va xalqaro fond bozorlarida o‘tkazildi. Toshkent fond birjasida 47,9 million dona aksiya sotildi. 12 milliard so‘mgacha ariza bergan jismoniy shaxslarga aksiyalar 5% chegirma bilan berildi.

London fond birjasida 23,4 million GDR (Global Depository Receipts) ko‘rinishida 1,5 trillion dona aksiya 25 dollardan sotildi. Kelgusi 30 kun ichida yana 3,5 million GDR joylashtirilishi mumkin.

Bu O‘zbekiston kompaniyasining xalqaro bozordagi ilk debyuti hisoblanadi. GDR savdolari London birjasida shartli ravishda 13 maydan, shartsiz savdolar esa 18 maydan boshlanadi. Ikkilamchi savdolar Toshkent birjasida ham yo‘lga qo‘yiladi.

Source: kun.uz