Samarqand viloyati Tayloq tumanida ekopolitsiya tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd noqonuniy qum-shag‘al aralashmasi qazib olish holatini aniqladi. Zarar miqdori rekord darajada – 295 milliard so‘mni tashkil etdi.
Tekshiruv Zarafshon daryosi va uning muhofaza qilinadigan hududlarini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazildi. Soat 01:30 atrofida inspektorlar amaldagi moratoriyga qaramay, Zarafshon daryosi o‘zanidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olayotgan fuqarolarni aniqladi.
Ishlar davlat raqam belgilarisiz WOLVO markali ekskavator yordamida amalga oshirilgan. Qazib olingan materiallar KAMAZ va HOWO yuk mashinalariga yuklangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 295 milliard 238 million 402 ming 640 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ish materiallari tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Avvalroq Samarqand viloyatida Qoradaryo daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olishning oldi olingan edi.
Source: podrobno.uz