Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov buyrug‘i bilan O‘zbekistondagi 35 ta shahar va tuman soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tayinlovlar orasida ayol rahbarlar ham bor. Xususan, G‘ozg‘on shahri, Shirin shahri, Muborak va Termiz tumanlarida ayollar inspeksiya rahbarligi lavozimlariga tayinlangan.

Qo‘mita tayinlovlarni soliq organlarida olib borilayotgan institutsional islohotlar doirasidagi o‘zgarishlar bilan izohladi. Unda kadrlar salohiyatini oshirish, hududlarda soliq ma’muriyatchiligini kuchaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsad qilingani qayd etilgan.

Tayinlovlar quyidagi hududlarni qamrab olgan: Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Source: www.gazeta.uz