Samarqand viloyati Urgut tumanida 14 may kuni soat 15:30 atrofida ikki Damas rusumli avtomobil to‘qnashishi natijasida ikki kishi jarohat oldi.
Hodisa Navoishoh ko‘chasida, Do‘stlik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkala haydovchi ham turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voqea joyida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishlagan. Hozirda Urgut tumani IIB huzuridagi YHXB xodimlari tomonidan avariya sabablari va aybdorlarini aniqlash bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Huquq-tartibot organlari barcha yo‘l harakati qatnashchilarini belgilangan tezlik rejimiga va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.
Source: podrobno.uz