Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 14-may kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Osiyo ayollar forumida ishtirok etdi.
Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida yozishicha, u forumda O‘zbekiston Prezidentining barcha ishtirokchilarga – butun Osiyodan kelgan ayol liderlar, siyosatchilar, tadbirkorlar, olimlar va ekspertlarga yo‘llagan iliq tabrik maktubini o‘qib eshittirgan.
Prezident forum ishtirokchilarining yuqori professionalligi, boy bilimlari va tajribalari nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda ayollar huquqlari va manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishini alohida ta’kidlagan.
Source: kun.uz