Olmaliqda 14 may kuni kechki soat 23:00 atrofida Amir Temur ko'chasida mototsikl piyodani urib yubordi.
Viloyat IIB ma'lumotlariga ko'ra, mototsiklni 22 yoshli yigit boshqargan. U yo'lni piyodalar o'tish joyidan tashqarida kesib o'tayotgan 15 yoshli qizni urib yuborgan.
Natijada maktab o'quvchisi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qizning komada ekani va oyoqlarini yo'qotgani haqida xabarlar tarqalmoqda, ammo bu rasman tasdiqlanmagan.
Hozirda Olmaliq IIB xodimlari hodisa yuzasidan tergov oldi tekshiruvini olib bormoqda.
Source: podrobno.uz