O'zbekiston terma jamoasi va «Istanbul Basakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi mavsumini eng yaxshi to'purar sifatida yakunladi. O'zbekistonlik forvard 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachu ham 22 ta golga ega, ammo ulardan 6 tasi penaltidan kiritilgani sababli u to'purarlar reytingida ikkinchi o'rinni egalladi.
Uchinchi o'rinni «Fenerbahche» yarim himoyachisi Anderson Taliska egalladi. Braziliyalik futbolchi mavsumni 19 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan yakunladi.
Superliga to'purarlari reytingi: 1. Eldor Shomurodov — 22 gol, 5 golli uzatma; 2. Pol Onuachu — 22 gol, 2 golli uzatma; 3. Anderson Taliska — 19 gol, 4 golli uzatma.
Shomurodovning «Istanbul Basakshehir» klubi chempionatni 5-o'rinda yakunladi.
Source: kun.uz