18-may kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi, deya xabar qildi O‘zgidromet.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida 20−22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda shamol tezligi 10−12 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +30…+35 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja bo‘ladi.
Source: www.gazeta.uz