O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Urbanizatsiya bo‘yicha Butunjahon forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida qatnashdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi punktlari dasturi (UN-Habitat) homiyligida o‘tkazilmoqda.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Kongress markazida davlat rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va BMT dasturining ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi. Forumning mavzusi – “Hamma uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar va jamoalar”.
Kun tartibiga shaharlarni rivojlantirish, arzon uy-joy, shahar muhiti, iqlim barqarorligi, infratuzilma va uy-joy moliyalashtirish masalalari kiritilgan. Mirziyoyev forum rahbarlar sammitida nutq so‘zlaydi.
Avvalroq, Prezidentning Ozarbayjon poytaxtidagi dasturi nafaqat yalpi majlislarda ishtirok etishni, balki xalqaro sammit doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazishni ham nazarda tutishi ma’lum qilingan edi.
Source: podrobno.uz